Rezyumeni PDF qilib yuklab olish
Rezyume PDF ko'rinishida yuborilsa, har qanday telefon va kompyuterda bir xil ochiladi. iResume'da to'ldirgan rezyumeni PDF va PNG qilib olasiz.
Rezyume yaratishTelegram orqali
Tayyor rezyume qanday olinadi
- Savollarni to'ldirib, shablonni tanlang.
- «PDF yuklab olish» tugmasini bosing.
- Telegram botda to'lov ma'lumoti chiqadi, chekni yuboring.
- Admin tasdiqlagach, PDF va PNG fayl botga keladi.
PDF nimasi bilan qulay
- Dizayn buzilmaydi, har qurilmada bir xil.
- Ichidagi telefon, email va Telegram bosiladi.
- Matn nusxalanadi va qidiriladi.
- Javoblar ko'p bo'lsa, keyingi sahifaga o'tadi.
Rezyumeni qayerga yuborish mumkin
Faylni hh.uz, Telegram kanallaridagi vakansiya egasi yoki kompaniya email manziliga yuboring. Xabarga 1–2 gap yozing: qaysi lavozimga va nega. Ish topish bo'yicha qo'llanmada batafsil.
Ko'p so'raladigan savollar
Rezyume qancha turadi?
To'ldirish va ko'rish bepul. Tayyor faylni olish tarifga qarab pullik: hozir 7 900 so'mdan.
PDF qanchada keladi?
Odatda chek tasdiqlangandan keyin bot orqali keladi. Tasdiqlashni admin qiladi.
Keyin rezyumeni o'zgartirsa bo'ladimi?
Ha, javoblarni tahrirlab, yangi fayl olasiz.
Word formatida beriladimi?
Yo'q, hozircha PDF va PNG.