Rezyume yaratish onlayn — bepul va 5 daqiqada
Ish qidiryapsizmi? iResume.uz yordamida professional rezyume tuzish uchun dizayner bo'lish shart emas: savollarga javob bering — rezyume o'zi tayyor bo'ladi.
Rezyume yaratishTelegram orqali
Rezyume yaratish uchun nima kerak?
Rezyume tuzishdan oldin quyidagi ma'lumotlarni yonginangizga tayyorlab qo'ying:
- ism-familiya, telefon raqami, shahar (masalan, Toshkent);
- yaxshi sifatli rasm (ixtiyoriy, lekin tavsiya etiladi);
- oxirgi 2–3 ish joyingiz: kompaniya nomi, lavozim, ishlagan yillar, asosiy vazifalar;
- ta'lim: o'quv yurti, yo'nalish, bitirgan yil;
- tillar (o'zbek, rus, ingliz) va kompyuter dasturlari (Excel, 1C, Word).
iResume.uz da rezyume qanday yaratiladi
- Ma'lumotlarni kiriting. Forma bosqichma-bosqich so'raydi: shaxsiy ma'lumotlar, tajriba, ta'lim, ko'nikmalar.
- Dizaynni tanlang. To'rtta professional shablon bor: Standart (ATS tizimlari uchun qulay), Pro, VIP va boshqalar.
- Yuklab oling. Tayyor rezyume yuqori sifatli PDF yoki PNG ko'rinishida tushadi — uni ish beruvchiga, hh.uz yoki Telegram'ga yuborishingiz mumkin.
Nega onlayn rezyume yaratish qulay?
Word'da rezyume yozganda shrift, jadval va bo'shliqlar bilan ko'p vaqt ketadi, telefondan esa umuman noqulay. Onlayn konstruktorda dizayn tayyor: siz faqat matnni yozasiz, sahifa o'zi chiroyli joylashadi. Rezyume PDF formatida bo'lgani uchun har qanday telefonda bir xil ko'rinadi.
- O'zbek va rus tilida rezyume;
- rasm, QR-kod va kontaktlar bilan;
- telefon va kompyuterda ishlaydi, Telegram bot orqali ham: @Rezyume_uz_bot;
- ma'lumotlar saqlanadi — keyinroq qaytib, rezyumeni yangilash mumkin.
Yaxshi rezyume uchun 5 ta maslahat
- Rezyume 1 sahifadan oshmasin — ish beruvchi uni o'rtacha 30 soniya ko'radi.
- Har bir ish joyida vazifani emas, natijani yozing: «oylik savdoni 20% ga oshirdim».
- Telefon raqam va Telegram to'g'ri ekanini ikki marta tekshiring.
- Rasm rasmiy bo'lsin: oddiy fon, yuz aniq ko'rinsin.
- Har bir vakansiyaga rezyumeni biroz moslang — lavozim nomi va asosiy ko'nikmalarni vakansiya matniga yaqinlashtiring.
Tayyor shablon bilan rezyumeni hoziroq yarating
Rezyume yaratishKo'p so'raladigan savollar
Rezyume yaratish bepulmi?
Ha, standart shablon bilan rezyume yaratish bepul.
Rezyumeni telefondan yaratsa bo'ladimi?
Ha. Sayt telefonda to'liq ishlaydi, Telegram bot @Rezyume_uz_bot orqali ham rezyume tayyorlash mumkin.
Rezyume qaysi formatda yuklanadi?
Tayyor rezyume PDF va yuqori sifatli PNG formatida yuklab olinadi.
Rezyumeni rus tilida qilsa bo'ladimi?
Ha, rezyumeni o'zbek yoki rus tilida tayyorlash mumkin.